Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va AQSh "IShID"ga qarshi operatsiyalarda Turkiya bazasidan foydalanadi
Turkiya TIV matbuot kotibi Tanju Bilgich chorshanba kuni AQSh bilan mamlakat janubidagi Injirlik bazasidan Suriyadagi IShID jangarilariga qarshi havo operatsiyalarida foydalanish haqida kelishuvga erishilganini tasdiqladi.
Ilgariroq mamlakat hukumati parlament 2014 yil 2 oktabrida taqdim etgan mandat asosida Turkiya aviabazalarida AQSh harbiy havo kuchlari samolyotlarini joylashtirishga rozi bo‘lgani xabar qilingan edi. Koalitsiyaning jangarilariga qarshi havo amaliyotlarida Turkiya kuchlari ham ishtirok etadi.
“Injirlik bazasi bo‘yicha kelishuv biz tomonimizdan imzolandi. Baza istalgan paytda ochilishi mumkin. U avvalambor IShIDning Suriyadagi obektlariga qarshi qo‘llaniladi”, – dedi Bilgich jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.