Sport | 14:56 / 30.07.2015
1535
2 daqiqa o‘qiladi

“Lokomotiv” futzal jamoasi klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi

Toshketning “Lokomotiv” futzal jamoasi klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish 28 iyul kuni Eronga yo‘l oldi. Bu haqida klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga bu yil Eronning Isfahon shahri mezbonlik qiladi. “Lokomotiv” ushbu chempionatda O‘zbekistonning o‘tgan yilgi chempioni sifatida ishtirok etadi.

Musobaqa 31 iyul – 7 avgust sanalarida bo‘lib o‘tadi. Qur'a natijalariga ko‘ra “Lokomotiv” f“V” guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda Toshkent jamoasiga Yaponiyaning “Nagoyya Oushenz” hamda Qirg‘izistonning “MFS Emgek” jamoasilari qarshilik qiladi.

Ta'kidlash kerakki, “Nagoyya Oushenz” ushbu musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Quyida “Lokomotiv”ning Osiyo chempionatiga boradigan futzalchilari ro‘yxatini keltirilgan.

Akmal Hazratqulov (darvozabon); Farhod Mirahmedov, Sarvar Shoahmedov, Tohir Abdurazzoqov, Feruz Faxriddinov, Iskandar Xolmadjonov, Shokir Xodiyev, Shuhrat Ahmedov, Aleksandr Shin, Orifxo‘ja Akbarxo‘jayev, Ilhomboy Sharipov, Sanjar Ziyoxonov, Oybek Polvonov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish