Texnologiya | 17:30 / 30.07.2015
1713
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilning ikkinchi choragida feysbukning sof foydasi 9 foizga pastladi

Facebook kompaniyasining ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra daromadi 39 foizga oshdi. Bu haqda Wall Street Journal kompaniya hisoboti ma'lumotlariga tayanib xabar tarqatdi.

Hisobotga ko‘ra, kompaniyaning so‘nggi uch oydagi daromadi 4,04 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Buning natijasida kompaniyaning sof foydasi miqdori 719 mln. dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu vaqtidagi ko‘rsatkichdan 9,1 foizga kamroq deganidir.

Kompaniya tahlilchilarining fikriga ko‘ra, bunga WhatsApp, Instagram kabi ilovalarni va Oculus Rift virtual reallik shlemi kabi qo‘shimcha faoliyat turlariga sarflangan mablag‘lar sabab bo‘lgan. Hozirda kompaniya aksiyalarining narxi qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olmaganda 50 sentni tashkil qilmoqda. Tahlilchilar uning 47 sentgacha tushishini bashorat qilishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish