Jahon | 07:44 / 30.07.2015
4671
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada Ukrainaga noqonuniy tarzda qurol bilan ketayotgan AQShlik harbiylar ushlandi

Venaning Shvexat aeroportida mahalliy politsiya Ukrainaga o‘qotar qurol bilan ketayotgan bir guruh AQShlik harbiylarni ushlab qoldi.

Curier nashrining yozishicha, aeroport xodimlari tomonidan yuk tekshirilayotganda AQShlik harbiylarda M16 miltiqlari va to‘pponchalar borligi aniqlangan va ularga ruxsat bo‘lmagan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu voqea bir necha kun avval yuz bergan. 9 nafar amerikalik harbiy Vashingtondan Ukrainaga topshiriq bajarish uchun ketayotgan bo‘lgan.

Nashrning aniqlashicha, amerikalik harbiylar zarur ruxsatlarni olishni unutib qo‘yishgan.

"Ba'zi hollarda Avstriya mudofaa va tashqi ishlar vazirliklari tinchlikparvar operatsiyalar, mashg‘ulotlar va shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etayotgan xorijiy harbiylar safariga ijozat berish huquqiga ega. Biroq AQShlik harbiylarda bunday ruxsat bo‘lmagan”, deb ta'kidladi Avstriya mudofaa vazirligi vakili Mixael Bauyer.

AQSh elchixonasi tomonidan “qaynoq izlar” bo‘yicha berilgan so‘rov Avstriya tomonidan rad etilgan. Shundan keyin AQShlik harbiylar Vashingtonga jo‘nab ketayotgan samolyotda ortga qaytishga majbur bo‘lishgan. Ularga qurol-aslahalarni olib ketishga ruxsat berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish