Jamiyat | 07:05 / 30.07.2015
2396
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: sayyoramiz aholisi asr oxiriga borib 11,2 mlrd kishiga yetadi

Yer aholisi soni 21-asrning oxiriga kelib 11,2 mlrd kishiga yetadi, deylmoqda BMTning demografik hisobotida.

2030 yilga kelib bu ko‘rsatkich 8,5 mlrd kishini, 2050 yilda 9,7 mlrd kishini tashkil qiladi. Ayni paytda sayyoramizda 7,3 mlrd kishi yashamoqda, deb ta'kidlamoqda Assoshieyted Press axborot agentligi.

Ekspertlarning hisoblariga ko‘ra, Hindiston aholisi soni bo‘yicha 2022 yilga kelib Xitoydan o‘zib ketadi, 2050 yilda esa Nigeriya AQShni ortda qoldirib, aholi soni bo‘yicha dunyoning 3-raqamli davlatiga aylanadi.

Hisobotda insoniyatning keksayish tendensiyasi ham hisobga olingan. 2050 yilga kelib 60 dan katta yoshlilar soni ikki barobarga ko‘payadi, Yevropada esa keksa yoshli odamlar soni 34 foizdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish