Sport | 14:57 / 30.07.2015
1993
1 daqiqa o‘qiladi

Chon Monjun FIFA prezidentligi saylovlarida ishtirok etishini tasdiqladi

FIFA prezidentining sobiq o‘rinbosari va Janubiy Koreya futbol uyushmasining sobiq rahbari Chon Monjun FIFA prezidentligi saylovlariga o‘z nomzodini ko‘rsatishini tasdiqladi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Chorshanba kuni, shuningdek, saylovlarda UYeFA rahbari Mishel Platini ishtirok etmoqchi ekanligini bildirdi.
“Agar men FIFA prezidentligiga saylansam, mening ishim ofis hashamatida o‘tirish emas, balki uni, ofisni o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi, – dedi Monjun. – Platini doimiylik va barqarorlik timsolidir. Bu muhim, ammo hozir emas, hozir o‘zgarishlar kerak”.
Tashkilot reglamentiga ko‘ra, nomzodlar 26 oktabrga qadar murojaatnomalarini kiritishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish