Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Churkin: Ukraina Boeing ishi bo‘yicha hech kimni jazolamadi
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning bir yil muqaddam Donetsk osmonida urib tushirilgan Malaysia Airlines kompaniyasiga tegishli Boeing-777 samolyoti yuzasidan bergan hisobotiga o‘z munosabatini bildirdi.
“Janob Klimkin axloqiy va hatto diniy ustunlik nuqtai nazaridan gapirishga harakat qildi. Hech kim jazosiz qolmasligini aytdi. Menda savollar tug‘ildi: nega fuqarolik samolyoti harbiy harakatlar ketayotgan, harbiy aviatsiya qo‘llanilayotgan hududga yo‘naltirildi? Ochko‘zlik tufaylimi yoki boshqa sabab bormi? Samolyot yo‘lovchilari sizlarda harbiy harakatlar ketayotganligini bilmasliklari mumkin edi. Nega shu paytgacha harbiy aviadispetcherlar muzokaralarining yozuvlari keltirilmadi? Mana shu jazosiz qolish deyiladi. Buning uchun Ukrainada kimnidir jazolashdimi, janob vazir?”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.