Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuala-Lumpurda XOQning 128-sessiyasi ish boshladi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ning navbatdagi, 128-sessiyasi payshanba kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda ochildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.
Mazkur sessiyada ko‘riladigan asosiy masala 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlari mezbon shahrini aniqlash bo‘ladi. Olma-Ota va Pekin shahri nomzodlik qilayotgan mazkur musobaqa mezbonligi 31 iyul kuni aniq bo‘ladi.
Hozirda mazkur musobaqa mezbonini aniqlash uchun 105 nafar odam ovoz berish huquqiga ega. Shuningdek, Kuala-Lumpurda 2020 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Qishki Olimpiada o‘yinlari mezboni ham aniqlanadi. Hozircha bu nomga Shveytsariyaning Lozanna va Ruminiyaning Brashova shaharlari da'vogar bo‘lib turishibdi.
XOQning 128-sessiyasi 3 avgustga qadar davom etadi.