Sport | 16:05 / 30.07.2015
1994
2 daqiqa o‘qiladi

OFK: Platini FIFAda barqarorlikni ta'minlashga qodir bo‘lgan yagona nomzod

Osiyo futbol konfederatsiyasida UYeFA rahbari Mishel Platinini Xalqaro futbol federatsiyasi prezidentligi uchun yagona munosib nomzod sifatida hisoblashmoqda. Bu haqda OFKning rasmiy saytida xabar qilingan.

"Platini FIFAda yuzaga kelgan taranglikni yumshatish va vaziyatni barqaror qilishga qodir bo‘lgan yagona nomzod bo‘lib turibdi. U shunday og‘ir kunlarda tashkilot uchun kerak. FIFA juda mushkul vaziyatga tushib qolgan. Bundan chiqish uchun tashkilotga yetakchi kerak. Ishonamizki, FIFAning yangi rahbari muammolarni hal qiladi. FIFA prezidenti tashkilotning bir qismi sifatida o‘ta muhim shaxs hisoblanadi. OFK hamisha FIFA bilan qalin aloqalarda bo‘lgan va bundan keyin ham munosabatlarni shu ruhda saqlab qolishni istaydi", deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Mishel Platini 29 iyul kuni FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok etishini rasman ma'lum qildi.

Tashkilot rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylov 2016 yilning 26 fevraliga belgilangan. O‘sha kungacha tashkilotni amaldagi prezident Yozef Blatter boshqarib turadi.

Saylovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlarning arizalari shu yilning 26 oktabrigacha qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun, shu vaqtgacha, sobiq futbolchi David Jinola, braziliyalik murabbiy Ziko, argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona, Liberiya futbol uyushmasi rahbari Musa Biliti, Janubiy Koreya futbol federatsiyasining sobiq rahbari Chon Monjun hamda Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok etish istagini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish