Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainada falokatga uchragan Boeing samolyoti bo‘yicha tribunal yaratilishi rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi
Rossiya BMT xavfsizlik kengashida Ukrainaning Donbass viloyatida falokatga uchragan Malayziyaga tegishli Boeing samolyoti bo‘yicha tribunal yaratilishi rezolyutsiya loyihasiga taqiqlov qo‘ydi.
Rezolyutsiyaning qabul qilinishiga BMT Xavfsizlik kengashining 11 a'zosi ovoz berdi, uch nafar a'zosi betaraf qoldi. Rossiya o‘zining taqiqlov qo‘yish huquqidan foydalanib, loyihaning qabul qilinishini taqiqlab qo‘ydi.
Avvalroq Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Ukrainada falokatga uchragan Boeing samolyoti masalasida tribunal yaratilishi bo‘yicha BMTning rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berishini ma'lum qilgandi.