Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 2017 yildan maktab o‘quvchilari 3D-bosmadan ta'lim olishadi
Rossiya Xalq ta'limi vazirligi 2017 yilgacha axborot texnologiyalar, jumladan 3D-printerlar bilan ishlashni o‘qitishga yo‘naltirilgan yangi “texnologik” fanni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Moskva” yangiliklar agentligi xabar bermoqda.
Umumiy o‘rta ta'limning tasdiqlangan namunaviy dasturida axborot texnologiyalari va 3D-printerlar bo‘yicha bilim berish mavjud, deb tushuntirish berib o‘tdi umumiy ta'lim sohasida davlat siyosati departamenti direktori Anastasiya Ziryanova.
2016 yilda vazirlik chet tili va geografiyani o‘qitish konsepsiyasi bo‘yicha ham ish boshlaydi.