Jahon | 13:27 / 30.07.2015
2957
1 daqiqa o‘qiladi

Savchenkoni Ukrainada qo‘lga olingan rossiyaliklarga almashtirish masalasi muhokama qilinmoqda

Ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoning advokati Mark Feygin uning himoyasidagi mahbusning Donbassda qo‘lga olingan Rossiya fuqarolari Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeyevlarga almashtirish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini ma'lum qildi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali ma'lumot berdi.
“Muzokaralar, bilishmcha, maxsus xizmatlar o‘rtasida ketmoqda”, – dedi advokat o‘z bayonotida.
Uning so‘zlariga qaraganda, almashish eng yaxshi variant bo‘lishi mumkin, chunki Rossiya va Ukraina o‘rtasida huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma amal qilishda davom etmoqda, unga ko‘ra, Savchenkoga jazo belgilangach, uni jazoni o‘tash uchun Ukrainaga yuborishlari mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish