Sport | 12:05 / 30.07.2015
1835
1 daqiqa o‘qiladi

Serxio Roberto "Barselona"ning Amerikadagi turnesidagi o‘yinlarda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan o‘yinchisi bo‘ldi

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning Amerikadagi turnesida Serxio Roberto uchun o‘yinlarda hammadan ko‘proq vaqt harakat qilish va o‘zini ko‘rsatish imkonini yaratib berdi.

Jamoa AQShdagi "Xalqaro chempionlar kubogi" turnirida 3ta o‘yin o‘tkazdi.

23 yoshli Serxio Roberto bu o‘yinlarda jami 224 daqiqa o‘tkazdi.

Bu borada ikkinchi ko‘rsatkich Rafinya Alkantaraga tegishli (189 daqiqa). Luis Suares esa uchinchi bo‘lgan (177 daqiqa).

Shuningdek, Serxio Buskets (175 daqiqa) va Andres Inesta (174 daqiqa) ham boshqalarga nisbatan ko‘proq vaqt davomida maydonda bo‘lishgan.

Qayd etish joizki, "Barselona" bu turne davomidagi uch o‘yindan faqat bittasida g‘alaba qozondi. "Los-Anjyeles Geleksi" 2:1 hisobida mag‘lub etildi. "MYu" va "Chelsi" jamoalariga qarshi o‘yinlarda esa 1:3 hamda 2:2 (2:4, penaltilar seriyasi) hisoblarida mag‘lub bo‘lindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish