Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyalik dizayner 2020 yilgi Olimpiadaning emblemasini o‘zgartirishni talab qilmoqchi
Belgiyalik dizayner Olive Debi Yaponiyaning Kiodo agentligiga bergan intervyusida 2020 yilgi Olimpiadaning emblemasini o‘zgartirishni talab qilmoqchiligini aytdi. Uning so‘zlariga qaraganda, Olimpiada emblemasi uning tomonidan ikki yil muqaddam Lyoj teatri uchun yaratilgan logotipga shaklan o‘xshaydi, shu bois u mualliflik huquqini talab qilmoqchi.
2020 yilgi Olimpiada Tokioda bo‘lib o‘tadi. Uning emblemalari 24 iyul kuni rasman namoyish qilindi. Tokio Olimpiadasining ramziga oq fonda qora, qizil, tillarang va kulrang geometrik shakllardan yasalgan T harfi aylangan edi. Paralimpiada ramziga teskari buralgan tenglik belgisi aylanadi.