Jahon | 18:05 / 31.07.2015
2246
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyada avtomobillardan xoli shahar quriladi

Daniyada avtomobil harakati to‘liq taqiqlanadigan yangi aholi punkti qurish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda The Local nashri.

Gap Orxusa shahri tashqarisidagi Ne (daniya tilidan “yangi” degani) nomini oladigan aholi punkti haqida ketmoqda. Loyiha mualliflarining g‘oyasi bo‘yicha, aholisi 15 ming kishini tashkil qiladigan yashil shaharchada zamonaviy texnologiyalar shahar tashqarisidagi hayot bilan uyg‘unlashadi.

Bu yerda avtomobil harakatining yo‘qligi shaharcha aholisining bir-birlari bilan ko‘proq muloqot qilishlariga undaydi. Orxusa shahri markazi bilan tramvay aloqasi yo‘lga qo‘yiladi, butun aholi punkti bo‘ylab velosiped yo‘laklari yotqiziladi.

Biroq ta'kidlanishicha, shaharchaga o‘z avtomobillarida kelgan kishilar avtomobillarini o‘zlarida qoldirishlari mumkin bo‘ladi, biroq uni garajda emas, balki turar-joy kvartallaridan uncha uzoq bo‘lmagan maxsus hududda qoldirishadi.

Loyiha yaqin 5 yil ichida yakunlanishi taxmin qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish