Sport | 15:09 / 31.07.2015
1724
1 daqiqa o‘qiladi

Di Mariyaning "PSJ"ga transfer narxi 63 mln yevroni tashkil etadi

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Anxel Di Mariya yaqin kunlar ichida “PSJ” bilan 2019 yilga qadar shartnoma imzolaydi, deb xabar bermoqda L'Equipe.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, transfer narxi 63 mln yevroni tashkil qiladi va futbolchi “PSJ” tarkibida 10 mln yevrodan oshiqroq maosh oladi. Hozirda transferning barcha jihatlari kelishib olingan va shartnomani imzolash qolgan.

Ma'lumot uchun, Di Mariya 2014 yilda 75 mln evaziga “Real Madrid”dan “Manchester Yunayted”ga o‘tgan edi. Ortda qolgan mavsumda argentinalik futbolchi “MYu” tarkibida 27ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol hamda 10ta gollik uzatmaga mualliflik qildi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish