Sport | 08:45 / 31.07.2015
1588
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin “Suisse Open Gstaad” turnirining ikkinchi davrasidan o‘tolmadi

Avvalroq O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Shveytsariyaning Gshtaad shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 439.405 yevroni tashkil qilgan “Suisse Open Gstaad” an'anaviy xalqaro turnirida yakkalik bahslarida nimchorak finalga yo‘l olgani haqida xabar berib o‘tilgandi.

Yakkalik bahslarining dastlabki bosqichida fransiyalik Maksim Teyksera ustidan 6-0, 6-4 hisobida mag‘lub etgan Istomin 30 iyul kuni ikkinchi davrada Joau Souza (Portugaliya)ga qarshi kortga chiqdi.

Ushbu bahsda omad portugaliyalik tennischiga kulib boqdi. Istomin birinchi setni tay-breklarda o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa-da, qolgan ikki setni raqibiga boy berib qo‘ydi.

Swiss Open Gstaad
Gshtaad, Shveytsariya
27 iyul – 2 avgust, 2015 yil
ATP World Tour 250
Mukofot jam-armasi – 494 310 yevro
Ochiq kortlar, grunt

Ikkinchi davra

Joao Souza (Portugaliya) – Denis Istomin (O‘zbekiston) - 6:7, 6:3, 7:6

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish