Sport | 07:33 / 31.07.2015
1433
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin Swiss Open Gstaad turnirining juftliklar bahsida yarim finalga chiqdi

Shveytsariyaning Gshtaad shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 494,310 yevroni tashkil etuvchi turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda.

Ushbu musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin juftliklar bahsida yarim finalga yo‘l oldi.

Istomin 30 iyul kuni chorak finalda o‘z sherigi belaruslik Aleksandr Buriy bilan tandem hosil qilgan holda Avstraliya vakillari bo‘lmish Tomash Bednarek/Ramiz Junaid juftligini 6:3 va 6:4 hisoblarida mag‘lub etdi.

Bu juftlik final yo‘llanmasi uchun Juilan Knovle/Filip Osvald juftligiga (Avstriya) qarshi kortga chiqishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish