Iqtisodiyot | 00:54 / 31.07.2015
3347
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon valyuta jamg‘armasi Iroqqa 1,24 mlrd dollarlik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi

Jahon valyuta jamg‘armasi Iroqqa 1,24 mlrd dollarlik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi. Bu haqda jamg‘armaning 30 iyulda chop etgan xabarida aytilmoqda.

“2015 yilning 29 iyulida XVJ direktorlari kengashi tezlashtirilgan moliyalashtirish dasturi doirasida Iroqqa 1,24 mlrd dollar ajratishni ma'qulladi”, deb aytilmoqda xabarda.

Pullar “IShID” terrorchilik guruhining bosqinchiligi va neft narxining pasayishidan ziyon ko‘rgan Iroqdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilash uchun sarflanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish