Sport | 08:53 / 31.07.2015
1996
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona FIFAdagi saylovda g‘alaba qozonib, tashkilot ichidagi mafiyani quritmoqchi

FIFA prezidentligi uchun o‘tkaziladigan saylovda o‘z nomzodini ko‘rsatgan Diyego Armando Maradona bundan asl maqsadi nima ekani haqida bildirdi.

"Men FIFA ichida saqlanib qolayotgan mafiyaga qarshi kurashishim kerak. Men aynan shuning uchun FIFA prezidenti bo‘lmoqchiman", deydi Maradona Reyter nashriga.

Ma'lumot uchun, FIFA prezidentligi uchun saylov 2016 yilning 26 fevralida o‘tkaziladi.
Shu vaqtgacha, sobiq futbolchi David Jinola, braziliyalik murabbiy Ziko, Liberiya futbol uyushmasi rahbari Musa Biliti, Janubiy Koreya futbol federatsiyasining sobiq rahbari Chon Monjun, Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn hamda UYeFAning amaldagi rahbari MIshel Platini FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok etish istagini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish