Jamiyat | 19:03 / 31.07.2015
18873
2 daqiqa o‘qiladi

OTMlarga kirish imtihonlarida qo‘llanadigan 15dan ortiq noqonuniy va norasmiy usullar sanab o‘tildi

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida 15dan ortiq noqonuniy va norasmiy usullari qo‘llanilmoqda.

“Darakchi” nashrining bildirishicha, bular orasida “Tanka”, “Shpora”, “Paravoz”, “Bunker”, “Telepatiya”, “Soldat”, “Telefon”, “Parashyut”, “0 variant yoki X variant” kabilarni sanash mumkin. Masalan, “telepatiya” usulida kimnidir o‘qishga kiritishga yollangan soxta abituriyentning qo‘liga falon pul turadigan skaner ruchka tutqaziladi. U o‘qishga kirishi kerak bo‘lgan abituriyentning test variantidan skaner ruchka yordamida nusxa oladi va o‘z javob varaqasini tezlik bilan to‘ldirib auditoriyadan chiqib ketadi. Tashqarida turgan yollangan mutaxassislar esa skaner ruchka yordamida olingan savollarga javoblarni ichkaridagi abituriyentga SMS orqali yo‘llashadi.

“Paravoz” usulida abituriyentlarning testini ishlab berish uchun boshqa bir o‘quv yurtida tahsil olayotgan aqlli talabalar yollanadi. Ular odatda soxta abituriyent sifatida kirib kamida 10-15 nafar yigit-qizning hojatini chiqaradi.

“Soldat” usulida esa bilimdon talaba puldor abituriyentning nomidan soxta hujjat bilan kirib (qalbaki hujjatda abituriyentning ism-sharifi, yollanma talabaning surati aks etadi) test ishlab beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish