O‘zbekiston | 15:38 / 31.07.2015
1915
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Gananing yangi elchisi ish boshladi

2015 yilning 31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Gana Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Tehron shahrida) Alhaji Bava Gilbert Ayembellani qabul qildi.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Gana o‘rtasidagi, jumladan BMT, uning tuzilmalari va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarga oid masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda ba'zi mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish