Jamiyat | 12:29 / 31.07.2015
1869
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qisqametrajli filmlar festivali o‘tkaziladi

"O‘zbekkino" milliy agentligi ayni vaqtda yosh rejissyorlarning "PROlogue" janrida ishlangan ijod namunalari taqdim etiladigan respublika festivaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Festivalda qisqametrajli filmlar taqdim etiladi.

Ushbu festival shu yilning 16-21 noyabr kunlarida Toshkent shahrida "Yoshlar haftasi" doirasida tashkil etiladi.

Shu bilan birga, sohaning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekistonda milliy kinematografiya sohasini isloh qilish va yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi. 3ta bo‘lim va 14 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi milliy kinematografiya sohasining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasb mahoratini oshirish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish, milliy kino san'atini rivojlantirishning boshqa yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Rejaga ko‘ra, “Kinematografiya to‘g‘risida”gi Qonun va 2016-2020 yillarda tizimni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha Davlat dasturi loyihalari, kino-video xizmati ko‘rsatish korxonalari uchun yagona chipta xo‘jaligi tizimini yaratish va “O‘zbekfilm” AJni zamonaviy kino ishlab chiqarish kompleksi – kinokonsernga aylantirishga doir bir qator me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash belgilangan.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. n audiovizual asarlarni ko‘rib chiqib, xulosa beruvchi Ekspertlar guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga huquqiy asos yaratiladi. Shu bilan birga, audiovizual asarlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish