Texnologiya | 12:44 / 31.07.2015
6643
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yangi “TTZ-Toshkent vokzali” avtobus yo‘nalishi ochiladi

“Toshshaxartransxizmat” kompaniyasi 1 avgustdan “Qo‘yliq markaz-TTZ” 13-tramvay yo‘nalishi TTZ bekatidan “Toshkent vokzali” bekatiga qadar qisqartirilishini ma'lum qildi.
Bunga sabab, xabarnomada aytilishicha, “bitta yo‘lovchini tashishga ketayotgan xarajat tarifdan ko‘plik qilmoqda”.
Aytilishicha, ushbu yo‘l uchastkasida yo‘lovchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun 17, 63, 83, 96, 110, 119 i 129-avtobus yo‘nalishlari, shuningdek, 28, 75, 80, 137 va 168-sonli yo‘nalishli taksilarda transport vositalarining miqdori oshiriladi. Bundan tashqari, 14-sonli “TTZ-Toshkent vokzali” avtobus bekati yo‘nalishida 12 dona Mercedes-Benz avtobuslari faoliyat yuritadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish