Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zohirshoh Vladimir Visotskiyga butun o‘zbek shou-biznesini almashtirishga tayyor
Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev Vladimir Visotskiyni hayotga qaytarish uchun butun o‘zbek shou-biznesini ham almashtirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bu haqdagi xabar uning tvitterdagi sahifasida qoldirildi.
“Imkoni bo‘lganida edi, Vladimir Visotskiyni 1 kungina hayotga qaytarish uchun butun o‘zbek shou-biznesini ham almashgan bo‘lar edim”, – deyiladi xabarda.
Tvitterda xonandaning ushbu fikriga “Setora” guruxi ilk tarkibidan Feruza Latipova va Leyli, shoira, bastakor va xonanda Shaxnoz, telejurnalist Dilshoda Matchanovalar o‘z hayratlarini va hatto noroziliklarini bildirishgan.