Jahon | 11:49 / 01.08.2015
3170
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada yengil motorli samolyot qulashi oqibatida Ben Ladenning qarindoshlari halok bo‘ldi

31 iyul kuni Angliya janubidagi Gempshir grafligi hududida qulab tushgan yengil motorli samolyot ichida "Al-Qoida" tashkilotining sobiq rahbari Usama ben Ladenning singlisi va o‘gay onasi bo‘lgan. Bu haqda Saudiya Arabistonining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi o‘zining rasmiy tvitteri orqali xabar tarqatdi.

Shahzoda Muhammad ibn Navaf Ol Saud Usama ben Ladenning oilasiga o‘z ta'ziyasini bildirgan. Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni elchixonasi Buyuk Britaniya hukumati bilan hamkorlikda vaziyat bo‘yicha muzokara o‘tkazib, halok bo‘lganlarning tanalarini qirollikka qaytarish masalasini hal qilmoqda.

Biroz oldinroq, Xempshirda kichik samolyot qulab tushib, 3 yo‘lovchi va uchuvchining halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish