Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
31 iyul kuni Angliyaning janubidagi Gempshir grafligidagi Blackbushe aeroportida yengil motorli samolyot qulab tushdi, deb xabar bermoqda Eagle Radio radiostansiyasi.
“Guvohlarning aytishicha, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan o‘tib ketib, yonib ketgan. Ularning ta'kidlashicha, samolyot to‘siqqa tegib, aylanib ketgan va yaqin oradagi auksion uyi oldida turgan avtomobillarning ustiga qulagan”, deyilmoqda xabarda.
Falokat oqibatida 4 kishi – uchuvchi va 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. “Samolyot kunning ikkinchi yarmida Blackbushe aeroporti yonidagi avtomobillar sotiladigan auksion uy hududiga qo‘nish paytida falokatga uchradi”, deb aytmoqda graflik politsiyasi rasmiy vakili Olga Venner.
Phenom 300 rusumidagi samolyot havoga ko‘tarilishi bilan qulab tushgan. Samolyot kichkina balandlikka ko‘tarilgach, yon tomonga og‘gani sababli uchuvchi samolyotni favqulodda sharoitda qo‘ndirmoqchi bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Samolyot parkovka qilingan avtomobillar ustiga tushib, yonib ketgan.