Jahon | 10:43 / 01.08.2015
2351
2 daqiqa o‘qiladi

Islomobodda TAPH gaz quvuri loyihasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi

Pokiston poytaxti Islomobod shahrida Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvuri loyihasi bo‘yicha hamkorlik doirasidagi tomonlarning uchrashuvi tashkil etiladi.

Uchrashuvda loyihaning navbatdagi bosqichi haqida muhokama o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

«Turkmenistan: zolotoy vek» nashri bergan xabarda aytilishicha, Pokistonga Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi vakili Boymurot Hojimuhammedov va prezident huzuridagi uglevod resurslaridan foydalanish va boshqarish vgentligi direktori Yaxshikeldi Kakayev yo‘l oladi.

Uchrashuv 3 avgust kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston davlat gaz kompaniyalari yangi kompaniya ta'sis etgandi. U 1800 kilometrlik Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston (TAPH) gaz quvurini qurib, so‘ng unga egalik qiladi va undan foydalanadi.

To‘rtala mamlakat ham yangi kompaniya kapitalida teng ulushga ega bo‘lgan. Osiyo taraqqiyot banki TAPH gaz quvuri loyihasi bo‘yicha tranzaksiyaviy maslahatchi etib tayinlangan.

TAPH quvuri 30 yil davomida Turkmanistondan Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonga yiliga 33 milliard kubometr tabiiy gazni eksport qilishi mo‘ljallangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish