Jamiyat | 14:09 / 01.08.2015
3129
3 daqiqa o‘qiladi

Koreyalik shifokorlar Andijon viloyatida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi

2-9 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasiga “Ewha Womans University” (Koreya Respublikasi)ning 26 nafar shifokor (kardiolog, allergolog, terapevt)lar va ko‘ngillilardan iborat delegatsiya tashrif buyuradi.

Mazkur delegatsiya o‘zlari bilan birga aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun dori-darmon va tibbiy anjomlarni olib kelishadi. Ushbu dori-darmon vositalari va tibbiy anjomlar ko‘rikdan so‘ng aholiga bepul tarqatiladi.

3 avgust kuni delegatsiya a'zolari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan markazni ko‘riklarga tayyorlash maqsadida, Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurishadi. Shuningdek, shifokolar va talabalar o‘rtasida tajriba almashishda hamkorlik qilish uchun Andijon tibbiyot instituti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etiladi.

4 avgust kuni Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli markazida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, Andijon tibbiyot instituti talabalari bilan koreyalik talabalar o‘rtasida tibbiyot sohasidagi bilimlarni almashish maqsadida uchrashuv tashkillashtiriladi.
5 avgust kuni Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va koreyalik mutaxassislar tomonidan ortopediya, kardiologiya yo‘nalishlarida talabalar uchun ma'ruzalar o‘tkaziladi.

6 avgust kuni Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, Andijon tibbiyot instituti talabalari bilan koreyalik talabalar o‘rtasida tibbiy bilimlarni almashish maqsadida uchrashuv tashkillashtiriladi.

7 avgust kuni Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli markazida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, Andijon va Farg‘ona shaharlarinning diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirishadi.

8 avgust kuni Samarqand shahrining diqqatga sazovor yerlariga tashriflari amalga oshiriladi.

9 avgust kuni Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari ko‘zdan kechirilib, delegatsiya a'zolari O‘zbekiston xalqaro aeroportidan soat 22:00da OZ-574 – reysi bilan Incheon shahriga uchib ketishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish