Sport | 16:20 / 01.08.2015
9560
1 daqiqa o‘qiladi

Mixail Shumaxer tuzala boshladi

"Formula-1" poygalarida 7 karra jahon chempioni bo‘lishga erishgan germaniyalik avtopoygachi Mixail Shumaxerning sog‘ligi yaxshilanmoqda. Bu haqda uning menejyeri Sabina Kem Bild nashriga ma'lum qilgan.

"Uning tuzalishida oldga siljish bor. Shifokorlar buning uchun qo‘llaridan kelgan ishni qilishmoqda", deydi Kem.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning dekabr oyi oxirida Mixail Shumaxer Fransiyaning Meribele shahri yaqinidagi tog‘-chang‘i kompleksi hududida yiqilib tushib, jiddiy ravishda jarohatlangandi. O‘shanda avtopoygachining bosh miyasi shikastlangan.

U olti oy sun'iy koma holatida yotdi. 2014 yil sentabrida esa Jyeneva ko‘li bo‘yidagi uyiga olib kelinib, tiklanish muolajalarini olishni boshlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish