Jahon | 16:34 / 01.08.2015
3117
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Angliyada sodir bo‘lgan aviahalokatda ben Ladenning qarindoshlari halok bo‘lganini tasdiqladi

31 iyul kuni Angliyaning janubidagi Gempshir grafligidagi Blackbushe aeroportida yengil motorli samolyot qulab tushgani haqida xabar berilgandi.

Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, bu samolyotda "Al-Qoida"ning sobiq rahbari Usama bin Ladenning qarindoshlari ketayotgan bo‘lgan. Bu ma'lumot Saudiya Arabistonining Londondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan.

Shahzoda Muhammad ibn Navaf Ol Saud Usama ben Ladenning oilasiga o‘z ta'ziyasini bildirgan.

Ushbu oilaning Salem Aviation nomli aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Embraer Phenom 300 samolyoti Italiyaning Milan shahridan uchib kelgandi.

Falokat oqibatida 4 kishi – uchuvchi va 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Samolyot kunning ikkinchi yarmida Blackbushe aeroporti yonidagi avtomobillar sotiladigan auksion uy hududiga qo‘nish paytida falokatga uchragan.

Daily Mail gazetasida yozilishicha, bu samolyot 11 mln dollarlik qimmatbaho samolyot edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish