Jahon | 14:38 / 01.08.2015
1598
1 daqiqa o‘qiladi

Tunisdagi favqulodda holat yana 2 oyga uzaytiriladi

Tunisda Sus shahrida yuz bergan teraktdan iyul oyi boshida joriy qilingan favqulodda holat yana 2 oyga uzaytiriladi. Bu haqda The Turkish Today xabar berdi.

"Tunis prezidentining bosh vazir va deputatlar bilan maslahatlashuvidan keyin favqulodda holat yana 2 oy davom etishi bo‘yicha qaror qabul qilindi", deb ma'lum qilinadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘rta yer dengizi sohilidagi kurort shahri bo‘lmish Susdagi mehsmonxonalarda 26 iyul kuni terakt sodir bo‘lib, 38 sayyoh halok bo‘lgan, 40 kishi jarohatlangandi.

4 iyulda Tunis prezidenti Bedji Kaid Es-Sebsi teraktdan bir hafta o‘tib, favqulodda holat e'lon qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish