Jahon | 05:35 / 02.08.2015
5815
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp: «Agar men prezident bo‘lsam, Putin meni hurmat qiladi»

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidenti lavozimiga nomzodi qo‘yilishiga da'vogarlik qilayotgan AQShlik milliarder Donald Tramp agar Oq uy egasiga aylansa, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hurmatiga erishishi mumkinligini aytmoqda.
Milliarder bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Putin meni hurmat qiladi. Men sizni bunga ishontira olaman”, deb aytdi Tramp.
Tramp 31 iyulda Qrim “Yevropa muammosi” ekanini va AQSh agar Yevropa buni so‘rasa unda bu muammoni hal qilishga qo‘shilishi kerakligini aytdi.
“Bu bizning muammodan ko‘ra, katta darajada Yevropaning muammosi hisoblanadi. Yevropa esa bu masala yuzasidan bizchalik e'tiroz bildirmayapti”, deb aytdi Tramp.
Oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, Tramp AQSh prezidenti lavozimiga respublikachi nomzodlar orasida ishonchli tarzda yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish