Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 23:35 / 02.08.2015
1964
1 daqiqa o‘qiladi
Istomin va Buriy Gshtaaddagi tennis musobaqasi g‘oliblari bo‘ldilar
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin va belaruslik tennischi Aleksandr Buriy Shveytsariyaning Gshtaad shahridagi ATP Swiss Open Gstaad musobaqasining juftlik o‘yinlarining finalida avstraliyalik Oliver Marak va pokistonlik Ayshama Kurashi bilan uchrashdilar. O‘zbekistonlik tennischidan tashkil topgan duet o‘z raqiblarini 3:6, 6:2, 10:5 hisobi bilan mag‘lub etib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Uchrashuv 1 soat 25 daqiqa davom etdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish