Jahon | 09:37 / 02.08.2015
2478
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada toples-miting o‘tkazildi

Kanadaning Vaterloosida yuzlab odamlar ayollarning toples (“yarim yalang‘och”) kiyinish huquqini himoya qilishga qaratilgan mitingda ishtirok etishdi.
CBC kanalining xabar berishicha, tadbir uch nafar opa-singil tarafidan tashkil etilgan. Aytilishicha, bir politsiyachi ularning kiyimiga o‘z e'tirozini bildirgan, buni qizlar kiyinish huquqini buzish deb baholashgan.
Mitingda ishtirok etgan ayollarning aksariyat qismi aynan shunday kiyinib ko‘chaga chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish