Jahon | 22:57 / 02.08.2015
1857
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada “Slavyanskaya” mehmonxonasi portlash ehtimoli tufayli evakuatsiya qilindi

Moskvaning markazida joylashgan “Slavyanskaya” mehmonxonasidan u yerda portlash ehtimoli borligi aytilgan xabar olingandan keyin 120 nafar kishi evakuatsiya qilindi.

“Mehmonxonaning elektron pochtasiga mehmonxonada 110 kg vaznga ega portlovchi qurilma borligi haqida xabar kelib tushgani sababli binodan 120 kishi evakuatsiya qilindi”, deb jurnalistlarga xabar berdi shoshilinch xizmatlar vakili.

Ayni paytda mehmonxona xonalari tekshirilmoqda. Ma'lumot hozircha rasmiy tasdiqlanmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish