Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik pediatrlar Janubiy Koreyada malaka oshiradi
O‘zbekiston prezidentining “Bolalar uchun ko‘p ixtisosli tibbiy markaz yaratish” loyihasi realizatsiyasi borasidagi qaroriga binoan EDCF (Economic Development Cooperation Fund – Taraqqiyot va hamkorlik iqtisodiy jamg‘armasi) taqdim etgan mablag‘ hisobiga O‘zbekiston hukumati va Koreya eksport-import banki bilan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik pediatrlar Koreya Respublikasida malaka oshirib qaytadi.
Shu bilan bog‘liq ravishda sog‘liqni saqlash vazirligi Pusan milliy universitetining Yangsan shifoxonasida bir yillik ta'lim dasturi bo‘yicha pediatrlar o‘rtasida tanlov e'lon qildi. Ta'lim quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: kardiologiya, yurak-tomir jarrohligi, nevrologiya, neyrojarrohlik, endokrinologiya, nefrologiya, allergiya, respirator va tez yordam, oftalmologiya, infeksiya va klinik immunologiya, gastroenterologiya va nutritsiologiya, plastik jarrohlik, radiologiya, anesteziologiya, gematologiya va onkologiya, neonatologiya va tez yordam, reabilitatsiya, laboratoriya tibbiyoti.