Jahon | 10:10 / 02.08.2015
1537
2 daqiqa o‘qiladi

Qohiradi Misr-AQSh strategik dialogi o‘tadi

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar ishonchliligini oshirishga qaratilgan Misr-AQSh strategik dialogi Qohirada 2009 yildan buyon birinchi marta o‘tkaziladi.
AQSh delegatsiyasiga davlat kotibi Jon Kerri boshchilik qiladi. Misr tomonidan unga tashqi ishlar vaziri Sameh Shukriy peshvoz chiqadi. Aytilishicha, AQSh diplomatiyasi yetakchisi allaqachon Qohiraga yetib kelgan.
Misr tashqi siyosiy idorasining rasmiy vakili Badr Abdul Ato jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida kun tartibida mintaqaning eng dolzarb muammolari turganligini ta'kidlab o‘tdi. IShID, Liviya, Iroq, Suriya, Yamandagi inqirozlar, shimoliy Sinaydagi terrorchilik harakati shular jumlasidandir.
Norasmiy ma'lumotlarga qaraganda esa, Kerri Shukriy bilan muloqot chog‘ida inson huquqlarini himoya qilish va “Musulmon birodarlari” tashkiloti tarafdorlariga qarshi qatag‘onlar masalasini ko‘tarmoqchi. Shuningdek, AQSh Misrga Sinaydagi ayirmachilarga qarshi yordam taqdim etishi mumkinligi aytilmoqda.
Bundan tashqari, 2011 yili to‘xtatib qo‘yilgan “Yorqin yulduz” Misr-AQSh harbiy mashg‘ulotlarini qayta boshlash masalasi ko‘rib chiqiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish