Jahon | 11:36 / 02.08.2015
3654
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya qo‘shinlari jangarilarning Halab va Latakiyadagi hujumlarini qaytardi

Suriya qo‘shinlari 1 avgustda terrorchilarning Halab janubidagi harbiy-havo akademiyasi binosini bosib olish harakatini barbod etdi. Bu binoda hukumat kuchlarining mustahkamlangan lageri joylashgan. Hujumni qaytarish jarayonida 25 terrorchi o‘ldirilgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

Halabning g‘arbiy qismida ham bosqinchilik urinishi bartaraf etildi. Suriya armiyasi bu yerda jangarilarning kolonnasiga aviazarbalar berdi.

“Dushmanning Kfar-Dail, Al-Mansur va Xan-al-Asal qishloqlariga kirib borishi to‘xtatildi. Jangarilar katta talofat ko‘rgan. Ularning yetakchilari yo‘q qilindi”, deb aytdi Suriya armiyasi vakili.

Shuningdek, Latakiyadan shimoldagi Dvayrshan, Raud, Darra va Al-Vodiydagi jangarilarning pozitsiyalari ham yo‘q qilindi. 50 ga yaqin terrorchi bartaraf etildi.
Suriya armiyasi Idlib va Xama viloyatlari orasidagi Saxl-al-Gab vodiysida ham qarshi hujumni davom ettirdi. Qo‘shinlar bu yerda Marj-az-Zuxur va Tell-Aur aholi punktlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, Suriya harbiy-havo kuchlari qadimgi Qal'a-al-Madik qo‘rg‘oniga ham zarbalar berdi. Aynan shu yer “Jibxad an-Nusra” jangarilari uchun platsdarm xizmatini o‘tayotgan edi. Hujum oqibatida jangarilarning dala qo‘mondoni Abu Dardor o‘ldirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish