Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing halokatiga oid dalillar may oyida Reyunonda topilgani aytildi
Malayziya aviakompaniyasiga tegishli Boeing samolyoti halokatidan qolgan bo‘laklar may oyida Reyunonda topilgan edi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Ma'lumki, bir necha oy muqaddam Malayziya aviakompaniyasiga tegishli samolyot okean ustidan uchib o‘tayotib g‘oyib bo‘lgan edi. Qoldiqlar ushbu samolyotga tegishli ekanligi taxmin qilinmoqda.
Nashrning yozishicha, orolda istiqomat qiluvchi farrosh qirg‘oqda samolyot o‘rindig‘i va bir nechta jomadon topib olgan. Ular g‘oyib bo‘lgan samolyotga oid bo‘lishini o‘ylab ko‘rmagan erkak bu narsalarni yoqib yuborgan.
Orolda yashovchi boshqa odamlar ham shu kabi narsalarni ko‘rgani aytilmoqda.