Jamiyat | 05:58 / 02.08.2015
5479
1 daqiqa o‘qiladi

Volga daryosida ichida 6 kishining jasadi bo‘lgan avtomobil topildi

Volgograd viloyati Kamishino shahri yaqinida Volga daryosidan salonida 6 kishining jasadi bo‘lgan avtomobil topildi, deb xabar bermoqda rus telekanallari.

Mashina Sherbakovka qishlog‘idan 100 metr, sohildan 20 metr narida, 9 metr chuqurlikda g‘avvoslar tomonidan aniqlandi.

Ayni paytda VAZ-2101 rusumli avtomobil jasadlar bilan birga Kamishinodagi o‘likxonaga olib kelindi. Voqea joyiga huquq-tartibot muassasalari xodimlari yetib keldilar.

Taxmin qilinishicha, avtomobil ichida 14 aprelda Volgograd viloyatida yo‘qolib qolgan 6 nafar erkak bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish