Jahon | 08:33 / 03.08.2015
2930
3 daqiqa o‘qiladi

Anqaradagi konferensiyada Ukrainada musulmon bataloni tuzish masalasi ko‘tarildi

Turkiya poytaxti Anqarada 1-2 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon qrim tatarlari kongressida Ukrainaning Xerson viloyatida musulmon batalonining tuzilishi masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Turkiya qrim tatar jamiyatlari federatsiyasi raisi Unver Sel RIA Novosti agentligiga ma'lumot berdi.
Kongress Ukraina prezidentining qrim tatarlari masalalari bo‘yicha vakili Mustafo Jamilov va Refat Chubarovlardir. Ilgari ular qrim tatarlari majlisining yetakchilari hisoblanar edi. endilikda ularga 5 yilga Qrim hududiga kirish taqiqlandi.
“Bu kongress Jamilovning shaxsiy loyihasidir. Uning maqsadi qrim tatarlari diasporasini nazoratga olib, uning mavqei va imkoniyatlaridan foydalanishdir. Birinchi bunday kongress 2009 yili Qrimda o‘tkazilgan edi. Ammo Jamilovga hech kim to‘la ishonmagani bois so‘ng tadbirlar 6 yilga to‘xtab qoldi. Bugun Qrimda majlis ishlamayapti. O‘zini qonuniylashtirish, xalq ichida obro‘ini oshirish va moliyaviy yordam olish uchun Jamilov kongressni Anqarada to‘pladi. Uning yana bir maqsadi Turkiyadan Xerson viloyatida musulmon batalonini tuzishda yordam so‘rash edi”, – dedi Sel.
Jamilov ilgari ham Ukrainaning Qrim bilan chegaradosh Xerson viloyatida musulmon batalonini tuzish va uni Ukraina mudofaa vazirligiga bo‘ysundirish masalasini ko‘targan edi. Uning fikriga ko‘ra, batalon Qrim va Ukraina orasida o‘tib-qaytadigan odamlar va yuklarni nazorat qiladi.
Unver Selning aytishicha, Xersonda shakllantirilayotgan batalon tarkibida Turkiya orqali Ukrainaga o‘tgan IShID a'zolari ham bor.
“Bu qrim tatarlari uchun juda xavfli. Jamilov olov bilan o‘ynashayapti, u o‘z xalqini urushga tortib ketishi mumkin”, – xulosa qildi u.
Tadbirga 12 davlatda faoliyat yurituvchi 180ta qrim tatar jamiyatlari va nodavlat tashkilotlari vakillari tashrif buyurdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an kongressga taklif qilinganiga qaramay, u faqatgina ishtirokchilarga salomnoma yo‘lladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish