Jamiyat | 21:15 / 03.08.2015
6952
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik kaskadyor Tinch okeani to‘lqinlari uzra mototsiklda yurib o‘tdi

Internetda avstraliyalik kaskadyor Robbi Meddison Frantsuz Polineziyasidagi Taiti oroli yaqinida Tinch okeani to‘lqinlari uzra maxsus suv chang‘ilari o‘rnatilgan motobaykda yurib o‘tgani aks etgan video ommalashmoqda. Ushbu video bir kun davomida 2,5 mln marta ko‘rilgan. Bu haqda Surfermag xabar bermoqda.

Ushbu tryukni bajarish uchun kaskadyor o‘z mototsikli g‘ildiraklariga maxsus doska o‘rnatdi. Ushbu motobaykni loyihalash va unda mashq qilish uchun Medison deyarli ikki yil sarfladi.

Qayd etilishicha, avstraliyalik suv sirtida mototsiklda xuddi yerda yurgandek bemalol yurgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish