Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Saudiya Arabistoni qirolining tashrifi tufayli plyajlardan biri yopib qo‘yildi
Fransiyadagi River hududidagi plyaj mamlakatga Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Ol Saudning sakkiz kunlik tashrif uyushtirishi munosabati bilan vaqtinchalikka yopildi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar berdi.
Jamoat plyaji yopilishi va qirolning tashrifiga bunday yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilishi mahalliy aholining noroziliklariga sabab bo‘lgan.
"Bularning hammasi Saudiya qirolining sakkiz kunlik ta'tili uchungina qilindi", deydi mahalliy hokimiyat vakili Jan-Noel Falku.
Falkuning hamfikrlari 4 avgust kuni plyajning yopilganiga qarshi arznoma tayyorlashib, miting o‘tkazishmoqchi.