Iqtisodiyot | 17:54 / 03.08.2015
2274
1 daqiqa o‘qiladi

HSBC Braziliya bo‘linmasini 5.2 mlrd dollarga sotadi

HSBC bank guruhi Braziliya bo‘linmasini 5.2 mlrd dollarga sotadi. Uni Braziliyaning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan Banco Bradesco sotib olmoqchi.
Bloomberg agentligining yozishicha, shartnoma naqd pul bilan realizatsiya qiladi, ammo uning narxi biroz o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, HSBC Braziliyadagi yirik korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarni saqlab qolmoqchi.
Bankning soliqqacha bo‘lgan daromadi 2015 yilning birinchi yarmida 10 foizga o‘sib, 13.6 mlrd dollarni tashkil qildi. O‘tgan yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 12.3 mlrd dollarga teng edi. Tushum 31.1 mlrd dollardan 32.9 mlrd dollarga yetdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish