Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:16 / 03.08.2015
7444
1 daqiqa o‘qiladi
Ichan-Qal'a tarixiy yodgorligida Xorazm tarixi muzeyi ochiladi
Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan Ichan-Qal'a tarixiy yodgorligida Xorazm tarixi muzeyi yaratildi. Bu haqda «O‘zbekturizm» matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, muzey Ma'mun akademiyasida joylashadi. Uni Urganch davlat universiteti akademiya xodimlari va Ichan-Qal'a muzey direksiyasi tomonidan yaratilgan.
Unda qadim Xorazm hududining bugungi kunga qadar bo‘lgan tsvilizatsiyasi aks etgan arxeologik yodgorliklari joylashtiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish