Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jomadon ichida berkitilgan afrikalik erkak Ispaniyaga ketish yo‘lida halok bo‘ldi
Shimoliy Afrikada istiqomat qiluvchi erkak jomadon ichida yashirinib Ispaniyaga kelmoqchi bo‘ldi, ammo yarim yo‘lda olamdan o‘tdi. EFE agentligining ma'lum qilishicha, besh soat davom etgan sayohat davomida erkak nafas ololmay qolgan.
Jomadon avtomobil ichida bo‘lgan, avtomobilni esa halok bo‘lgan muhojirning ukasi boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Mashina yuklar bilan paromga ortilgan. Parom Almeriya qirg‘oqlariga yetganida haydovchi akasining mazasi qochganligini ma'lum qilgan. Qutqaruvchilar uni jonlantirishga muvaffaqiyatsiz harakat qilishgan.
2015 yil mayida ham shunga o‘xshash holat sodir bo‘lgan edi. O‘shanda ispaniyalik chegarachilar rentgen yordamida jomadon ichida yashiringan 8 yoshli bolakayni topib olishgan edi. U Ispaniyada yashayotgan ota-onasining oldiga ketayotgan edi.