Sport | 06:49 / 03.08.2015
4761
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino Angliya Superkubogida olgan kumush medalini "Arsenal" muxlislaridan biriga berib yubordi

"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"dan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘ziga berilgan kumush medalni raqib muxlislari o‘tirgan tribunadagi muxlislarga berib yubordi.

"Men bu medalni baribir taqmas edim. Shu sababli uni "Arsenal" muxlislari o‘tirgan tomonga uloqtirib yubordim", - deb bu harakatiga izoh berdi Mourino.

Qayd etish joizki, «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger ham Angliya Superkubogi taqdirlash marosimidan so‘ng, «Chelsi» bosh murabbiyi Joze Mourinyuga qo‘l uzatmadi.

O‘yin «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bu «Arsenal»ning yangi a'zosi — darvozabon Petr Chexning «Arsenal» tarkibida sobiq jamoasiga qarshi birinchi rasmiy o‘yini bo‘ldi. O‘yinda hal qiluvchi golni Aleks Oksleyd-Chemberlen urishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvni bevosita stadiondan 85 ming 437 nafar tomoshabin kuzatib bordi.