Jahon | 09:32 / 03.08.2015
2587
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Suriyadagi AQSh tayyorlagan qo‘shinlar himoyasida aviatsiyadan foydalanishga ruxsat berdi

AQSh prezidenti Barak Obama Suriyadagi AQSh ishtirokida tayyorgarlik o‘tagan qismlar himoyasida aviatsiyadan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, aviatsiya faqat real xavf tug‘ilgan holatlarda qo‘llanadi. Yangi qoidalarga ko‘ra, Pentagon Bashar Asad tarafdorlaridan o‘z ittifoqchilarini himoya qilishda aviatsiya yordamiga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish