Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Povetkin va Lebedev 4 noyabr kuni Qozon shahridagi boks kechasida ringga qaytishadi
Rossiyalik bokschilar Aleksandr Povetkin va Denis Lebedev o‘zlarining navbatdagi jangini joriy yilning 4 noyabr kuni o‘tkazishadi. Bu haqda TASS «Mir boksa» kompaniyasi matbuot xizmati ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Mazkur boks kechasi Qozon shahridagi «Basket-xoll» arenasida bo‘lib o‘tadi.
Hozircha rossiyalik bokschilarning raqiblari kim bo‘lishi noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Povetkin 90,89 kg.dan yuqori bo‘lgan vazn toifasidagi Butunjahon bokschilar kengashi (WBC) yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamari uchun jang o‘tkazish huquqiga ega bo‘lib turibdi. Lebedev esa 90,71 kg.gacha vazn toifasining Butunjahon bokschilar assotsiatsiyasi (WBA) yo‘nalishi bo‘yicha chempionlik kamari sohibi hisoblanadi.